Biz haqimizda

Azizon Mahsulot Servis

“Azizon mahsulot servis” MChJ 20 yilga yaqin davr mobaynida xalqimizga ishonchli mahsulotlar yetkazib beruvchi korxona bo’lib kelmoqda. Korxona tashkil topganidan boshlab korxona xodimlari mijozlarni ustun qo’ygan holda sifatli va ishonchli xom ashyolardangina foydalanib, mahsulot ishlab chiqarib kelmoqda.

Korxonamiz assortimenti – qaynatib pishirilgan hamda yarim dudlangan kolbasalar, sardelka, sosiska va delikates mahsulotlarini o’z ichiga oladi.

Yirik bo’lmagan yagona zavodimiz Samarqand shahrida joylashgan bo’lib, korxona tarkibiga 2ta brendni ya’ni “Azizon” va “Afsona” brendlarini qamrab oladi.

Missiyamiz:

Qadriyatlar va omonatdorlik orqali butun insoniyatni ishonchli oziq-ovqat bilan ta’minlash

Qadriyatlarimizni va insonlarning rizqini omonat bilib, har bir xonadonga mahsulotimiz kirib borishini shu bilan birga insonlarning kundalik iste’mol taomlarini ishonchli bo‘lishiga hissa qo‘shishni istaymiz.

Qadriyatlarimiz:

Omonatdorlik

Omonatdor odam rostgo‘y, birovning haqqidan qo‘rqadi va unga xiyonat qilmaydi, so‘zga, mulkga, lavozimga, korxonaga, vazifaga, jamoaga nisbatan har doim sodiq qoladi.
Biz o‘z mahsulotlarimizni «ishonchli» deb da’vo qilmoqdamiz, mijozlar esa bizga o‘zining luqmasini, ishonchini omonat qilib bermoqda. Biz bu da’vomizga, mijozlarimizning ishonchiga, o‘zimizning vazifamizga omonat sifatida qaraymiz va bu omonatga har doim, har lahza va har bir nuqtada sodiq turamiz.

Adolatlilik

Adolatli inson har doim haqni tan oladi va shu orqali qaror qabul qiladi. Boshqalarga zulm qilmaydi, birovning haqqini yemaydi va har qanday holatda haqqoniylik bilan hukm chiqaradi. Shuningdek, tenglik va adolat turli xil tushunchalar deb biladi.

Doimiy rivojlanish

Har bir jamoa a’zosi doimo shaxsiy, kasbiy tomonlama o’sishi, nafaqat jamoa, balki umumiy korxonamiz, mahsulotlarimiz va har bir jabhada doimiy rivojlanishni ta’minlaydi. Shundagina jamiyatga yanada ko‘proq manfaatimiz tegadi.